Xonanda San Jey 19 dekabr kuni “O‘zbekkonsert” davlat muassasi direktori Odil Abduqahhorov bilan uchrashganini va litsenziya olishini ma’lum qildi. Xonanda buni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylashtirgan videomurojaatida aytdi.
“Qadrli muxlislarim, yaxshi yangilik bor. Men endi litsenziya olaman. Bu baxtni yuragimga sig‘dira olmayapman. Shuning uchun bu yangilikni siz bilan bo‘lishyapman. Mana, hozirgina “Turkiston” san’at saroyida Odil Abduqahhorov bilan gaplashib chiqdim. U kishi juda samimiy inson ekan. Biz allaqachon ko‘rishishimiz kerak edi. Lekin u kishining O‘zbekistonda emasligi tufayli ko‘risha olmadik”, deydi xonanda o‘z videomurojaatida.
Uning aytishicha, “O‘zbekkonsert” direktori soqol masalasida ham San Jey bilan kelishib olgan. Xonanda “soqolini butunlay olib tashlamasligini, biroz tartibga keltirishini” aytdi.
“Yana bir yangilik bor. Biz yaqinda repperlar uchun konferensiya qilamiz. Endilikda O‘zbekistonda rep janrini ham yangi darajaga olib chiqamiz”, deydi xonanda.
Bundan avval San Jey prezidentga videomurojaat bilan chiqqan edi. Murojaatdan so‘ng “O‘zbekkonsert” soqoli tufayli litsenziya ololmayotganini iddao qilgan xonandani ijodiy ko‘maklashish kengashining navbatdagi yig‘ilishiga chaqirgan va bu ish amalga oshmagandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?