9 866
Sherali Jo‘rayev: “Erkin Vohidovning “Inson” qasidasi mening iltimosimga ko‘ra yozilgan”
18 dekabr kuni Erkin Vohidov xotirasiga bag‘ishlab O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasida bo‘lib o‘tgan “Bog‘ing vatan degan nom olsin” nomli xotira kechasida O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev “Erkin Vohidovning “Inson” qasidasi mening iltimosimga ko‘ra yozilgan” deb aytdi.
“San’atga endi kirib kelgan vaqtim Erkin akaning “O‘zbegim” qasidasini kuyga solib ijro qilganman va qo‘shiq muxlislar e’tiborini qozongan. Lekin u paytlarda bu qo‘shiqning ortidan turli tanqidga uchraganman. Shunda turfa fe’l insonlarni ko‘rib, Erkin akaga “Menga inson haqida she’r yozib bering” deganman. Keyinchalik o‘sha mashhur “Inson” qasidasini yozdi va men kuy bastalab ijro qildim”, – dedi Sherali Jo‘rayev.
San’atkor she’riyatni anglashida Erkin Vohidovning hissasi borligi haqida to‘xtaldi: "Maktabda o‘qib yurgan yillarimda otam menga ko‘k rangli, qattiq muqovali “Xamsa” sovg‘a qildi. Kitobning bir betida doston matni, narigi betida baytlarning nasriy bayoni berilgandi. Otam oshnalari bilan oshni yeb bo‘lgach, meni chaqirib “Xamsa” o‘qitardi. So‘zlarni dona-dona qilib, radiodagi suxandon akalarimizga o‘xshatib o‘qiganim otamga yoqardi, shekilli, har zamonda “Shu o‘g‘lim xudo xohlasa olim bo‘ladi” deb qo‘yardi. Shundan keyin hazrat Navoiyga muhabbat bir umrlik hamrohimga aylanib qoldi. Shu muhabbat mening Erkin aka bilan yaqin bo‘lishimga sabab bo‘ldi. Erkin aka esa she’riyatni yaxshiroq his qilishimga, Navoiyni anglashimga sababchi bo‘lgan".
O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov “Tong nafasi”, “Qo‘shig‘im sizga”, “Aql va yurak” kabi she’riy to‘plamlari, “Nido”, “Quyosh maskani”, “Ruhlar isyoni” kabi dostonlari, “Oltin devor”, “Istanbul fojiasi” singari sahna asarlari, “So‘z latofati” risolasi, Hofiz Sheroziy, Mirzo Bedil, Gyote, Sergey Yesenin kabi klassik shoirlar merosidan qilgan tarjimalari bilan o‘ziga xos ijodiy maktab yaratgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi