15:02 / 02.01.2019
6 544

“Yovvoyi tabiat fotografi” xalqaro tanlovining g‘oliblari aniqlandi (foto)

“Yovvoyi tabiat fotografi” xalqaro tanlovining g‘oliblari aniqlandi (foto)
An’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinadigan “Yovvoyi tabiat fotografi” (“Lumix”) xalqaro tanlovning g‘oliblari aniqlandi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.

Xalqaro tanlovga 95 ta davlatdan 45 mingdan ortiq fotoasar kelib tushgan. Shulardan eng yaxshilari Londonning tabiat tarixi muzeyi tomonidan saralab olingan. Tanlov yakuniga ko‘ra “Portret”, “Yuksak baho”, “Tabiatga yaqinlashish”, “Tabiat hikoyasi”, “Iste’dod”, “Ijodiy tasvirlar”, “Tabiat san’ati” kabi 15 dan ortiq nominatsiya bo‘yicha 25 ta fotoasar g‘olib deb topilgan. Niderlandiyalik fotograf Marsel van Uosten “Oltin juftlik” fotoportreti bilan “2018 yilning eng yaxshi tabiat fotografi” deb topildi.

G‘olib fotorassomlarning asarlari tasvirlangan kalendarlar, fototo‘plamlar, suvenirlar sotuvga qo‘yilgan.














Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Yovvoyi tabiat fotografi” xalqaro tanlovining g‘oliblari aniqlandi (foto)