10:15 / 13.01.2019
5 972

Amerikalik kinooperatorlar XX asrning “eng yaxshi filmlar”ini maʼlum qilishdi

Amerikalik kinooperatorlar XX asrning “eng yaxshi filmlar”ini maʼlum qilishdi
Amerika kinooperatorlar jamiyati (American Society of Cinematographers, ASC) tashkil etilganining 100 yilligi munosabati bilan XX asrning eng yaxshi filmlarini tanladi. Toʻliq roʻyxat jamiyat saytida keltirilgan.

Jamiyat talqiniga koʻra, oʻtgan asrning eng yaxshi filmi sifatida rejissyor Freddi Yang tomonidan 1962 yilda suratga olingan “Arabistonlik Lourens” filmi tan olindi. Mutaxassislarni ushbu film qanday sharoitlarda suratga olingani hayratlantirgan. Jumladan, suratga olish ishlari Iordaniyadagi Jabal at-Tubayk degan joyda olingan. Bu yerda chidab boʻlmas issiq havo turganidan tashqari, eng yaqin suv manbasigacha 240 km yoʻl bosib oʻtish kerak boʻlgan.

Biroq shunday ogʻir sharoitlarga qaramay, suratga olish guruhining professionalligi evaziga 7 ta “Oskar”, 4 ta “Oltin globus” va boshqa koʻplab mukofotlarni olishga muvaffaq boʻlgan film suratga olingan.

Shuningdek, eng yaxshi filmlar roʻyxatining yetakchi oʻntaligiga “Tigʻ ustidan yuguruvchi” (1962 yil), “Bugungi kun qiyomat qoyimi” (1979), “Fuqaro Keyn” (1941), “Choʻqintirgan ota” (1972), “Quturgan buqa” (1980), “Konformist” (1970), “Oʻrim kuni” (1978), “2001 yil: Kosmik odisseya” (1968) va “Fransuz aloqachisi” (1971) filmlari kirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Amerikalik kinooperatorlar XX asrning “eng yaxshi filmlar”ini maʼlum qilishdi