18:53 / 17.01.2019
11 263

Mirzabek Xolmedov «Million», «Dizayn», «Bravo» jamoalari haqida: «... beldan pastga ham tushib ketaverishadi!»

Mirzabek Xolmedov «Million», «Dizayn», «Bravo» jamoalari haqida: «... beldan pastga ham tushib ketaverishadi!»
— «Million», «Dizayn», «Bravo» singari yosh qiziqchilardan tarkib topgan jamoalarning ham ijodini kuzatasizmi?
— Siz sanab o‘tgan jamoa a’zolarining barchasi qayerda bo‘lmasin, hurmatimni joyiga qo‘yib, «ustoz» deya murojaat qilishadi. Ularning ijod janri shunaqa: qonun-qoida yo‘q, beldan pastga ham tushib ketaverishadi. Bir so‘z bilan zamonaviy askiya, desa ham bo‘laveradi. Bu qiziqchi guruhlar odamlarni kuldirishni uddalashayotgandir, balki eplasholmayotgandir, biroq niyatlari yaxshilik ekanini unutmasligim kerak. Barchasida iste’dod bor, o‘ziga ishonishadi.

Ba’zan chegaradan chiqib ketishlari manzur bo‘lmaydi. Ularga xatolarini vaqtida to‘g‘rilab, ijod qilishdan to‘xtab qolmasliklarini ko‘p tayinlayman.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Mirzabek Xolmedov «Million», «Dizayn», «Bravo» jamoalari haqida: «... beldan pastga ham tushib ketaverishadi!»