15:33 / 22.01.2019
8 044

O‘zbekistonda «Oltin humo» milliy kinomukofoti ta’sis etildi

O‘zbekistonda «Oltin humo» milliy kinomukofoti ta’sis etildi
Foto: «O‘zbekkino» milliy agentligi
O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi va «O‘zbekkino» milliy agentligi «Milliy TV» telekanali hamkorligida «Oltin humo» kinotaqdimotini o‘tkazadi.

Taqdirlash marosimi 2019 yilning 10 aprel kuni Toshkent shahrida, «Turkiston» saroyida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan kino sohasidagi barcha ijodkorlarning ijodiy ishlarini keng targ‘ib qilish, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ijodkor orasida sog‘lom ijodiy raqobatni shakllantirish kinotaqdimotning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Milliy mukofot g‘oliblari quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanadi:
O‘zbek kinematografiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun «Oltin humo» maxsus mukofoti;
Eng yaxshi hujjatli film;
Eng yaxshi animatsion film;
Eng yaxshi grafika ishi;
Eng yaxshi ovoz rejissyori;
Eng yaxshi montaj ishi;
Eng yaxshi grim rassomi;
Eng yaxshi liboslar bo‘yicha rassom ishi;
Eng yaxshi rassom ishi;
Eng yaxshi kino bastakori;
Tomoshabinlar mehrini qozongan film;
Eng yaxshi operatorlik ishi;
Eng yaxshi ssenariy;
Eng yaxshi rejissyorlik ishi;
Eng yaxshi erkak roli uchun;
Eng yaxshi ayol roli uchun;
Eng yaxshi film.
Kinotaqdimotda 2017 yil 1 yanvaridan 2018 yil 31 dekabrga qadar premerasi bo‘lib o‘tgan davlat va nodavlat studiyalarining to‘liq metrajli badiiy, hujjatli, animatsion filmlari qatnashishi mumkin.

Arizalar joriy yil 21 yanvardan 21 fevralgacha qabul qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbekistonda «Oltin humo» milliy kinomukofoti ta’sis etildi