O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida rejissyor va mohir prodyuser Daniel Tutt bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Bu yerda amerikalik rejissyor yoshlarning ijod namunalari, ular uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
– Amerikaning “Unity Productions Foundation” nodavlat fondi mamlakatingizdagi ijtimoiy-madaniy muassasalar bilan hamkorlikda islom dini va uning tarixiga oid qisqa metrajli filmni suratga olish niyatida, – deydi Daniel Tutt. – O‘zbekistonga kelishimdan asosiy maqsad mazkur film uchun materiallar to‘plashdir. Institutdagi yoshlarning animatsiya va operatorlikdagi mahorati menda katta taassurot qoldirdi. Ular bilan kelgusida, albatta, birga ishlaymiz, degan umiddaman.
Amerikaning “Unity Productions Foundation” nodavlat fondi suratga olgan kino kartinalar shu kunga qadar ko‘plab xalqaro sovrinlarni qo‘lga kiritgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring