“Sevimli” telekanali o‘z muxlislarini zeriktirib qo‘ymaslik, yangi seriallar bilan tanishtirish maqsadida turk kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Fazilat xonim va qizlari” serialini “Istanbullik kelin” serialining o‘rniga dushanbadan jumaga qadar efirga uzatadi.
Tomoshabinlarning sevimli serialiga aylangan “Istanbullik kelin” seriali esa shanba dam olish kuni kechqurun efirga uzatiladi.
Onalar har doim farzandlarining baxtli, to‘la-to‘kis hayot kechirishini istashadi. Shu maqsadda ularni o‘z maqsadlariga yetishish yo‘lidagi qurolga aylantirishadi. Fazilat xonim yuqorida aytib o‘tilgan barcha xislatlarni o‘zida jamlagan ayoldir. Qashshoqlikda voyaga yetgan Fazilat xonim qizlarining shohona kun kechirishini istaydi. Shuning uchun ham qizlari bilan ko‘p nizoga boradi. Bundan tashqari, serialda jamiyatning boy va kambag‘al qatlamlari o‘rtasidagi keskin farq, ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi murakkab munosabatlar ham yaxshi ochib berilgan.
Fazilat xonim o‘z manfaati yo‘lida hech narsadan qaytmaydigan ayoldir. U hayotning mazmunini pul va shon-shuhratga ega bo‘lish deb biladi. Shunga qaramay, ikki guldek qizi bor bo‘lgan bu ayol o‘rtamiyona kun kechirishga majbur. U bunday taqdirga rozi emas. Fazilat xonimning qizlari o‘z baxtini topadimi? Hayot quvonchlaridan mosuvo bo‘lgan ayol o‘z maqsadiga erishadimi? Bu savollarga mashhur turk aktyorlari jamoasi yig‘ilgan “Fazilat xonim va qizlari” serialini tomosha qilgach, javob topishingiz mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi