15:04 / 03.02.2019
10 753

Alla Pugachyovaning nabirasi muxlislardan pul so‘radi (foto)

Alla Pugachyovaning nabirasi muxlislardan pul so‘radi (foto)
Kichik Vladimir Presnyakov hamda qo‘shiqchi va aktrisa Kristina Orbakaytening o‘g‘li, Alla Pugachyovaning nevarasi 27 yoshli musiqachi Nikita Presnyakov, o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali muxlislardan moddiy yordam so‘ragan, deya xabar beradi «Daryo» nashri.

Nikita muxlislarga «Multiverse» guruhining nafaqat yangi «To Stay» taronasiga klip suratga olish uchun yordam qilishni, balki hamkor prodyuser bo‘lib daromaddan foyda olishni ham taklif qilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Presnyakovning guruhi ushbu tarona bilan Amerikaning Younk leybl-platformasi chartiga ham kirgan.
Endi haqiqiy professionallar bilan unga Los-Anjelesda video suratga olish uchun pul topish kerak. Presnyakov buni dunyoga tanilishning ajoyib imkoniyati deb sanamoqda.

Foto: Google Images
«Bizning trekni qo‘llab-quvvatlang va biz qo‘limizdan kelganini qilishga va’da beramiz! Bunday imkoniyat juda kam bo‘ladi va biz omadimizni sinab ko‘rmoqchimiz!», — deydi Presnyakov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Alla Pugachyovaning nabirasi muxlislardan pul so‘radi (foto)