14:42 / 04.02.2019
25 127

Yigitali Muqaddas Sa’dullayeva bilan turmush qurganini nimaga yashirib yurganini aytdi (video)

Yigitali Muqaddas Sa’dullayeva bilan turmush qurganini nimaga yashirib yurganini aytdi (video)
Aktyor Yigitali Mamajonov «Daryo» internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.

Suhbat davomida Yigitali Mamajonov aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva bilan turmush qurgani va bu turmushni muxlislardan yashirib yurganiga oydinlik kiritdi.

Muqaddas Sa’dullayeva bilan turmush qurganimizni yashirib yurishning iloji yo‘qligini bilardim, ammo iloji boricha berkitishga harakat qildim. Chunki gap-so‘z bo‘lib ketishini xohlamadim. Bu haqida bilib qolishsa ham, bir muddat bizni gapirishadi va keyin hammasi joyiga tushib ketadi deb o‘ylagan edim. O‘zim xohlamagan ravishda turmushimiz shov-shuv bo‘lib ketdi. Oilamga har xil ko‘zlar tegishini xohlamayman. Aslida ijtimoiy tarmoqlarga suratlarimizni joylashimiz ham noto‘g‘ridir balki, shuning uchun ham avvalroq bu haqida ma’lum qilgimiz, suratlarni ham joylagimiz kelmagan edi. Birinchi va ikkinchi oilam bilan ham rasmlarni joylaganimizdan so‘ng har xil gap-so‘zlar, muammolar boshlanib ketgan edi. Menimcha oila sirligicha qolishi kerak.

Yigitali Mamajonov, aktyor

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yigitali Muqaddas Sa’dullayeva bilan turmush qurganini nimaga yashirib yurganini aytdi (video)