13:43 / 06.02.2019
10 727

Hosila Rahimova: «Kalamushday pisib raqslarimni videoga olayotganlarga tekinga taklifnoma beraman!»

Hosila Rahimova: «Kalamushday pisib raqslarimni videoga olayotganlarga tekinga taklifnoma beraman!»
— Sizni tanqid qiluvchilar ham yo‘q emas. «Hosila Rahimova yoshiga yarashmaydigan raqslarni ijro etadi», deguvchilar topiladi. Bunday fikrlarga qanday munosabat bildirasiz?

— Men hech qachon o‘rinli tanqiddan ranjimayman va uni to‘g‘ri qabul qilaman. Biroq bunday fikr bildiruvchilarning o‘zi san’atdan xabari bor insonlarmikin? Agar adashmasam, shu tarzdagi gap-so‘zlar internetda tarqalgan raqsimdan so‘ng ko‘payib ketdi. O‘sha g‘iybatchi odamlar konsertimga tashrif buyurishsa, undan ham qaynoq raqslarimga guvoh bo‘lishadi. Bir burchakda berkinib, qo‘pol qilib aytganda, kalamushday pisib mening raqslarimni videoga olayotganlar uchun tekinga taklifnoma beraman. Marhamat, tashrif buyurib, sahnada bundan-da dahshat yonishimga guvoh bo‘lishsin.

Folklor san’atida chegara yo‘q, sipo turib qo‘shiq kuylash imkonsiz va men hech qachon raqslarimdan xijolat chekmayman. Yaqinlarim, muxlislarim buni yaxshi bilishadi. Fisqu fasod gaplarga ahamiyat bermayman ham.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Hosila Rahimova: «Kalamushday pisib raqslarimni videoga olayotganlarga tekinga taklifnoma beraman!»