O‘zbekistonda konsert beradigan barcha san’atkorlar 2019 yildan boshlab o‘z dasturida 30 foiz jonli qo‘shiq aytishi talab etiladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri O‘zbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan «Milliy estrada san’atining ahvoli, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatining yuksaltirishdagi o‘rni va ahamiyati» mavzusidagi anjumandan xabar berdi.
«Bizga ma’lumki, konsertlarda 100 foiz jonli ijro etishning imkoni yo‘q. Barcha xonandalarni ham ham bir xil ovoz imkoniyatlariga ega, deb ayta olmaymiz. Shu sababli biz san’atkorlarga sharoit yaratib bergan holatda asta-sekinlik bilan jonli ijrodagi konsertlar taqdim etishga chaqiramiz», - deydi «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov.
Uning ta’kidlashicha, 2019 yildan boshlab barcha yakkaxon konsert dasturlarida 30 foiz majburiy jonli ijro etish talab qilinadi. Keyingi yil bu foiz ko‘rsatkichi oshib boradi.
«Masalan, 2019 yil 30 foiz bo‘lsa, undan keyingi yil yakkaxon konsert dasturlari 60%, keyin esa to‘liq 100% jonli ijroda bo‘lib o‘tadi. Bosqichma-bosqich barcha konsertlarni jonli ijroda o‘tkazishga harakat qilamiz. Kim bo‘lishidan qat’i nazar, u Shahzoda bo‘ladimi, Rayhon bo‘ladimi, farqi yo‘q, har bir estrada xonandasiga shunday majburiy talab qo‘yiladi. Hozirdan buni tayyorlab borishni rejaga kiritganmiz», - dedi O. Abduqahhorov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi