00:02 / 27.02.2019
10 110

Halima Ibragimova va «Bravo» a’zosi Otabek Mirzaxolov o‘zbek xalqidan uzr so‘radi

Halima Ibragimova va «Bravo» a’zosi Otabek Mirzaxolov o‘zbek xalqidan uzr so‘radi
«O‘zbekkonsert» tomonidan litsenziyadan mahrum bo‘lgan aktrisa Halima Ibragimova va «Bravo» guruhi a’zolari Kun.uz nashriga bergan intervyusida o‘zbek xalqidan uzr so‘rashdi.
Halima Ibragimova san’atkorlar bilan o‘tkazib turiladigan shu turdagi suhbatlarda ko‘p bo‘lganini aytadi.
«Ogohlantirishlar faqat menga emas, boshqalarga ham bo‘lgan. Men tomondan quyushqondan chiqish bo‘lganini ham inkor etmayman. Tabiatim shunaqa. Tarbiyalash maqsadida litsenziyamni olib qo‘yishdi. Men noto‘g‘ri gapirib, kimningdir qalbini og‘ritgan bo‘lsam, xalqimizdan, hammadan kechirim so‘rayman», deydi u.

«Bravo» guruhining a’zosi Otabek Mirzaxolov shunday deydi: «Bugungi davra suhbati – majlisda bildirilgan fikrlar o‘rinli bo‘ldi, deb o‘ylayman. Bu fikrlardan to‘g‘ri xulosa chiqaraman. Biz kimnidir kamsitish maqsadida bu ishlarni qilmaganmiz. Konsertimizga yig‘ilgan odamlar kulishi uchun, sahnada qizishib ketib, o‘zimizni boshqara olmay qoladigan holatlar bo‘lgan. Uyatsiz so‘zlar ishlatib, sahnada hech kimni so‘kkanimiz yo‘q. Beldan past hazillar qilmaganmiz.

Shu orqali kimningdir nafsoniyatiga tekkan bo‘lsak, kimdir buni o‘zi uchun haqorat deb qabul qilgan bo‘lsa, men uzr so‘rayman. Tanqidiy fikrlardan to‘g‘ri xulosa qilib, xalqimizga yoqadigan konsertlar qo‘yishga, ijod qilishga harakat qilamiz
».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Halima Ibragimova va «Bravo» a’zosi Otabek Mirzaxolov o‘zbek xalqidan uzr so‘radi