10:37 / 27.02.2019
5 984

Samarqandda «Sharq taronalari» musiqiy festivali qachon o‘tkazilishi aniq bo‘ldi

Samarqandda «Sharq taronalari» musiqiy festivali qachon o‘tkazilishi aniq bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra Samarqand shahrida XII «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalini 2019 yilning 26–30 avgust kunlari o‘tkazish to‘g‘risidagi taklif ma’qullangan.

Festivalga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita tarkibi tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ikki hafta muddatda Festivalni o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi yuklatilmoqda.

Festival doirasida «Sharq xalqlari an’anaviy musiqa san’atini rivojlantirish istiqbollari» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi, unda xorijlik va mahalliy taniqli musiqashunos olim va mutaxassislar hamda tadqiqotchilarning o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishlari ta’minlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Samarqandda «Sharq taronalari» musiqiy festivali qachon o‘tkazilishi aniq bo‘ldi