00:35 / 04.03.2019
12 782

Yulduz Turdiyeva: Ozodbek Nazarbekovning tanbehlaridan yigʻlagani haqida (video)

Yulduz Turdiyeva: Ozodbek Nazarbekovning tanbehlaridan yigʻlagani haqida (video)
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Yulduz Turdiyevaning albom taqdimoti boʻlib oʻtdi. Taqdimotda mehmon boʻlgan jurnalist Feruz Muhammad Yulduz Turdiyeva bilan suhbatlashdi.

Suhbat davomida Yulduz Turdiyeva Oʻzbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovdan koʻp bora tanbeh eshitgani haqida gapirib berdi.

Dangasalik qilganimda, Ozod akadan tanbeh eshitganimda koʻp davralarda yigʻlardim. Toʻyma-toʻy yurganimda, xizmatlar bilan band boʻlganimda ijod qilayapman deb oʻylagan ekanman, aslida unday emas ekan. Ozodbek Nazarbekov menga ʻjuda ham dangasasan, juda-juda dangasasan, oʻz ustingda ishlamaysan, izlanmaysan, kitob oʻqimaysan, nutq yoʻq, nolʻ deb tanbeh berardilar. ʻYoʻq, mening muxlislarim koʻp, men qayerdadir qoʻshiq aytsam olqishlashadi, unaqa emas Ozod aka, menda ham yurak bor, shuncha davlatlar, Fransiya, Isroil, AQSH kabi 30 dan ortiq davlatlarda konsertlar qoʻyganman, unaqa demang mengaʻ, deb oʻzimni oqlagan boʻlardim. Ozodbek Nazarbekov ʻOna men keldim deginʻ, ʻTopa olmaymanʻ kabi qoʻshiqlarni tanlashimda va boshqa har bir qoʻshiq kuylaganimda ʻayt, ʻOh kimga yomonʻni ham ayt, deya menga qoʻshiqlaridan ilinar edilar. ʻYulduz sendagi ovoz bilan koʻp ish qilsa boʻladi, buni bilgan biladiʻ, deya koʻp bora aytganlar.

Yulduz Turdiyeva, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yulduz Turdiyeva: Ozodbek Nazarbekovning tanbehlaridan yigʻlagani haqida (video)