17:43 / 10.03.2019
5 547

Dunyoni zabt etgan qozogʻistonlik xonanda Skriptonit haqida (video)

Dunyoni zabt etgan qozogʻistonlik xonanda Skriptonit haqida (video)
Skriptonit taxallusi bilan ijod qiluvchi qozogʻistonlik reperning asl ismi Adil Jalelov.
U 1990 yil 3 iyunda Pavlodarda (Qozogʻiston) tugʻilgan. 11 yoshida rep yoʻnalishida kuylay boshlagan. Hammasi Deslning qoʻshiqlariga boʻlgan qiziqishidan boshlangan.

15 yoshidan boshlab Adil oʻzi qoʻshiq yozgan. 16 yoshida esa birinchi marta nisbatan katta sahnada qoʻshiq aytgan. Anuar bilan birga VBVVCTND trekiga ishlangan klipdan soʻng mashhur boʻlib ketgan.

2015 yil 24 noyabrda uzoq kutilgan hodisa yuz bergan: “Dom s normalnimi yavleniyami” (Oddiy hodisalar boʻladigan uy) albomi chiqqan. U tezda muvaffaqiyat qozonib, iTunes chartida ikkinchi oʻrinni olgan. 2016 yil sentyabrda Rossiyaning GQ erkaklar jurnali Skriptonitni “Yil kashfiyoti” deb eʼtirof etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Dunyoni zabt etgan qozogʻistonlik xonanda Skriptonit haqida (video)