10:12 / 22.03.2019
6 304

Hindlar bilan ishlangan film turistlar koʻpayishiga sabab boʻldi (foto)

Hindlar bilan ishlangan film turistlar koʻpayishiga sabab boʻldi (foto)
Foto: “minbar.uz”
Hindlar bilan ishlangan film turistlar koʻpayishiga sabab boʻldi. Bu haqida “Minbar.uz” saytida xabar berilgan.

Hindlar bilan hamkorlikda ishlangan “Cheksiz quvonch” filmi Hindistonda namoyish etilgandan soʻng hindistonlik turistlar soni ikki baravar koʻpaydi. Bu haqida “Oʻzbekkino” direktori Furqat Zokirov maʼlum qildi.

“Qiziq tomoni, birgina film sababli Hindistondan Oʻzbekistonga yangi aviareys yoʻlga qoʻyilgan", – deydi Furqat Zokirov.

Komediya janridagi “Hoichoi unlimited” filmi oʻzbek tiliga “Cheksiz quvonch” deb tarjima qilingan. Film “Dev entertainment” kompaniyasi bilan hamkorlikda suratga olingan, rejissyori Aniket Chattopadhay. Badiiy filmning premyerasi 2018 yilning 12 oktabr kuni Kalkuttada boʻlib oʻtgan.

Ayni vaqtda filmni oʻzbekchalashtirish ishlari ketmoqda va u tez kunlarda oʻzbek tilida namoyish etiladi. Film toʻrt ogʻaynining sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. Film Oʻzbekistonning Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida, shuningdek, Rossiya, Tojikiston, Qozogʻiston, Ukraina va Ozarbayjonda tasvirga olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Hindlar bilan ishlangan film turistlar koʻpayishiga sabab boʻldi (foto)