11:46 / 24.03.2019
3 820

Kaan Urganjioʻgʻli “Baron-2” filmidagi roli haqida maʼlumot berdi

Kaan Urganjioʻgʻli “Baron-2” filmidagi roli haqida maʼlumot berdi
Turkiyalik taniqli aktyor Kaan Urganjioʻgʻli “Baron-2” filmini suratga olish jarayonida qatnashish uchun Oʻzbekistonga keldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan treylerdagi Kaan Urganjioʻgʻli qatnashgan epizodlar tomoshabinlar tomonidan katta qiziqishga sabab boʻldi.

Turkiyalik aktyor oʻzining “Baron-2” filmidagi obrazi haqida maʼlumot berdi:
“Topshirilgan rol menga maʼqul keldi. Ehson obrazini ijro etayapman. Asli chechen boʻlgan Ehsonning hikoyasi Suriyada kechadi. Suriya bilan bogʻliq sahnalarda u koʻrinadi. Ukasi Suriyadagi janglarga ketganidan keyin Ehson ham uning ortidan Suriyaga boradi. Uning maqsadlari esa umuman boshqacha boʻladi. Filmdan koʻrib olasiz, sirni butkul ochishni istamayman” deya javob bergan Kaan Urganjioʻgʻli.

Maʼlumot uchun, “Baron-2” filmi Kaan Urganjioʻgʻli ishtirokidagi ilk xorijiy film loyihasi boʻlib, bungacha u Amazon Primeʻning “Jek Rayan” serialida suratga tushgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Kaan Urganjioʻgʻli “Baron-2” filmidagi roli haqida maʼlumot berdi