16:40 / 08.04.2019
5 670

Zuhra Soliyeva: «Endi kutmayman… Ortiq hech kimni kutmayman!»

Zuhra Soliyeva: «Endi kutmayman… Ortiq hech kimni kutmayman!»
Aktrisa Zuhra Soliyeva yaqinda internet saytlaridan biriga intervyu berdi. Unda aktrisa jurnalistning «O‘tgan bir yarim yil davomida hayotingizda nima o‘zgardi?» deb bergan savoliga quyidagicha javob qaytargan:

— Ishim ko‘paydi, s’yomkam ko‘paydi. Ayniqsa, bayramlarga, ko‘rsatuvlarga taklif qilish ko‘paydi. Shundan xursandman. O‘zgarish bo‘ldi, o‘zimda o‘zgarish bo‘ldi. Hayotga boshqacharoq qaraydigan bo‘ldim. O‘zimga yangi maqsad tuzdim. Yonimda meni kamsitadigan, menga nisbatan salbiy gap gapiradigan insonlardan voz kechaman, bundan buyon. Chidamayman. Chunki ko‘p shunaqa insonlarga chidab, orqamga qarasam, 3-4 yillab umrim o‘tib ketibdi. Umrimni qaytib bermaydi, o‘sha odam. Hech kim qaytarib bermaydi. Endi kutmayman. Hech kimni kutmayman, deb oldimga maqsad qo‘ydim. Oldin bilasizmi, qanday edim? Balki bugun yoqarman, balki ertaga yoqarman deb o‘ylayverardim. Mana shu bilan kunim o‘tibdi. Yillarim o‘tibdi. Endi kutmayman. Hayotimdagi eng katta o‘zgarish – kutmaslik ta’rifiga o‘tdim!

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Zuhra Soliyeva: «Endi kutmayman… Ortiq hech kimni kutmayman!»