10:52 / 30.06.2019
5 456

«Endi u bechorani ham so‘kinglar». Jahongir Otajonov «Arazlamang» qo‘shig‘ini kuylagan San Jayga munosabat bildirdi

«Endi u bechorani ham so‘kinglar». Jahongir Otajonov «Arazlamang» qo‘shig‘ini kuylagan San Jayga munosabat bildirdi
Foto: «Daryo»
Checheniston xalq artisti San Jay xonanda Jahongir Otajonovning «Arazlamang» deb nomlangan qo‘shig‘ini kuyladi.

San Jay o‘zining Instagram sahifasida, ushbu qo‘shiqni kuylagani uchun Jahongir Otajonov qanday munosabat bildirgani haqida video post joyladi.

Jahongir Otajonov ushbu holatga quyidagicha munosabat bildirgan.

Do‘stimiz San Jay "Arazlamang" deb nomlangan ashulamni yozibdi. Mening ashulamni desam noto‘g‘ri bo‘ladi, men foydalangan so‘zdan, ya’ni "Arazlamang" she’ridan foydalanib o‘zining qo‘shig‘ini yozibdi. U bunga haqli, chunki she’r bizniki emas. Endi u bechorani ham ‘Sanjay Jahongir Otajonovning qo‘shig‘ini buzibdi’, deb, ‘so‘kinglar, haqorot qilinglar’. Hech qachon unaqa deyilmaydi. Sababi, har bir so‘zdan boshqa ijodkorning foydalanishga haqqi bor. San Jay ijodga omad do‘stim.
Jahongir Otajonov, xonanda

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Endi u bechorani ham so‘kinglar». Jahongir Otajonov «Arazlamang» qo‘shig‘ini kuylagan San Jayga munosabat bildirdi