11:10 / 25.07.2019
3 174

Germaniyaning birinchi telekanali O‘zbekiston haqida film namoyish etdi

Germaniyaning birinchi telekanali O‘zbekiston haqida film namoyish etdi
Iyul oyi o‘rtalarida Germaniyaning ko‘p millionli tomoshabinlarga ega bo‘lgan birinchi telekanalida «praym-taym» vaqtida O‘zbekiston haqida hujjatli film namoyish etildi, bu haqda O‘zA xabar qiladi.

Film joriy yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasi tashabbusi bilan mazkur davlat telekanali tasvirga olish guruhining yurtimizga tashrifi davomida tayyorlangan.

Ijodiy asar mualliflari ko‘plab nemis tomoshabinlariga mamlakatning boy resurslari va iqtisodiy salohiyati, xalqning madaniyati va an’analari, sayyohlik uchun diqqatga sazovor joylari, shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayoni haqida batafsil ma’lumot berdi.

Film syujetidan Marg‘ilondagi «Yodgorlik» ipakchilik fabrikasi faoliyati misolida respublikada xotin-qizlarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol va teng huquqli ishtiroki uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida hikoya qiluvchi reportajlar ham o‘rin olgan.

Ma’lumot uchun: Das Erste («Birinchi«) – eng yirik nemis telekanallaridan biri bo‘lib, Deutsche Welle’dan tashqari ARD tarkibiga kiruvchi mintaqaviy teleradiokompaniyalarning qo‘shma mahsulidir. Kanal 1952 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Germaniyaning birinchi telekanali O‘zbekiston haqida film namoyish etdi