21:15 / 18.08.2019
6 725

Aktyor Ulug‘bek Qodirov «nima uchun jurnalistlardan ‘qochib’ yurishiga» oydinlik kiritdi

Aktyor Ulug‘bek Qodirov «nima uchun jurnalistlardan ‘qochib’ yurishiga» oydinlik kiritdi
Foto: «Daryo»
Aktyor Ulug‘bek Qodirov «Daryo» internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Suhbat davomida «Nega doim jurnalistlardan qochib yurasiz, sizni intervyuga ko‘ndirish juda qiyin», mazmunidagi savolga Ulug‘bek Qodirov quyidagicha javob berdi.
Aktyorman, doimiy suratga olish maydonchalarida yuraman, ammo fotossesiyalarda o‘zimni yaxshi his qilmayman. Men uchun bu jarayon noqulayroq bo‘lgani sababli, fotograflarga ham suratga olish jarayonlarida fotosessiya qilmasliklarini so‘rayman. Jurnalistlardan qochmayman, aksincha uzrimni aytib, intervyuni keyinroq qoldirishni so‘ragan bo‘lishim mumkin.

Ulug‘bek Qodirov, aktyor

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Aktyor Ulug‘bek Qodirov «nima uchun jurnalistlardan ‘qochib’ yurishiga» oydinlik kiritdi