01:12 / 31.08.2019
5 215

Gran-pri o‘zbekistonlik san’atkorga nasib qilgan «Sharq taronalari» yakunlandi

Gran-pri o‘zbekistonlik san’atkorga nasib qilgan «Sharq taronalari» yakunlandi
Samarqand shahrida o‘tgan «Sharq taronalari» XII Xalqaro musiqa festivalining g‘oliblari e’lon qilindi.

Festivalning bosh sovrini – Gran-pri O‘zbekiston vakili Mehrinigor Abdurashidovaga berildi.
Festivalning ikkita birinchi o‘rin sohiblari – Qirg‘izistoning “Qomuzchilar” dueti hamda Ozarbayjondan kelgan Parviz Gasimov bo‘ldi.
Ikkinchi o‘ringa Turkmanistonning “Archabil” va Mo‘g‘ulistonning “Xatan” jamoalari sazovor bo‘ldi.
Tojikiston (“Badaxshon” jamoasi) va Rossiya (“Ayarxan” jamoasi)dan kelgan jamoalar hamda O‘zbekiston vakillari – Azizjon Abduazimov va Ulug‘bek Elmurodzoda uchinchi o‘rinni egallashdi.

Nominatsiyalar
- «Eng yaxshi libos va musiqa uyg‘unligi» nominatsiyasi g‘olibi – Koreya respublikasining EuulSu guruhi;
- «Mehr-oqibatni tarannum etgani uchun» nominatsiyasi g‘olibi – Estoniyaning Duo Ruut musiqa jamoasi;
- Sharq xalqlari musiqa san’ati jonkuyari nominatsiyasi g‘olibi – Hindistonning Debapriya va Samanvaya guruhi;
- «An’analarga sodiq jamoa» nominatsiyasi g‘olibi – Eronning Xaray ayollar jamoasi;
- Qadriyatlar davomchisi nominatsiyasi g‘olibi – Qozog‘istonning Bobolar sozi jamoasi;
- Samarqand shahar hokimligi sovrini AQSh jamoasi Kenxaus jamoasiga nasib etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Gran-pri o‘zbekistonlik san’atkorga nasib qilgan «Sharq taronalari» yakunlandi