13:50 / 02.10.2019
3 191

«Toshkent-66». O‘zbekiston va Rossiya Toshkent zilzilasi haqida film suratga oladi

«Toshkent-66». O‘zbekiston va Rossiya Toshkent zilzilasi haqida film suratga oladi
Rossiya va O‘zbekiston vakillari kinematografiya sohasida beshta hamkorlik memorandumini imzoladilar. Bu haqda "O‘zbekkino" xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, "Mars Media" kinokompaniyasi rahbari Ruben Dishdishyan va "O‘zbekkino" milliy agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov "Toshkent-66" filmining suratga olish jarayonini O‘zbekistonda tashkil etish to‘g‘risida kelishib oldi. Shuningdek, "Megogo" va "O‘zbekkino" Milliy agentligi o‘rtasida “Xo‘ja Nasriddin" filmini ishlab chiqarish to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Rejissyor Yusuf Roziqovning TASS agentligiga bergan intervyuda aytishicha, rejissyor va ssenarist Rauf Kubayev bilan "Toshkent-66" filmiga ssenariy yozishni boshlamoqchi. Kinokartina drama janrida suratga olinadi.

Yusuf Roziqov
"Biz yoshligimiz, hatto bolaligimizga bag‘ishlangan filmni suratga olishni xohlaymiz. Toshkentda dahshatli zilzila bo‘lgan paytlar bizning yoshlik paytlarimizga to‘g‘ri kelgan. Biz tabiiy ofat haqida emas, balki sodir bo‘lgan voqealar va hayotimizda qanday o‘zgarishlar bo‘lganini eslash niyatidamiz" , - deydi Roziqov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Toshkent-66». O‘zbekiston va Rossiya Toshkent zilzilasi haqida film suratga oladi