18:27 / 12.10.2019
4 960

Ozodbek Nazarbekov shov-shuv bo‘lishi kutilayotgan «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy seriali haqida gapirdi

Ozodbek Nazarbekov shov-shuv bo‘lishi kutilayotgan «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy seriali haqida gapirdi
Foto: «Daryo»
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov «Daryo» internet-nashri uchun intervyu berdi.
Ozodbek Nazarbekov suhbat davomida katta shov-shuvlarga sabab bo‘lishi kutilayotgan «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy seriali haqida gapirib berdi.

‘Jaloliddin Manguberdi’ seriali bilan bog‘liq ishlarning boshlanganiga ham qariyb bir yil bo‘ldi. Bu masalada ham oxirgi gapni aytishimizga sanoqli kunlar qoldi. Ushbu film turk kinochilari tomonidan suratga olinyapti. Serial ‘Bo‘zdag‘ film’ bilan hamkorlikda olinmoqda.

Film o‘zbek kinosi tarixida qanaqadir o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi kerak. Xudo xohlasa, dramaturg, aktyor va rejissyorlarimizning hammasiga impuls beradigan film qilish niyatimiz bor. Biz xohlaymizmi, xohlamaymizmi, o‘tgan davr ichida kinoda ham yopiqlik kuzatilgan. Kinochilarimiz va chet el kinochilari o‘rtasida deyarli hamkorlik bo‘lmadi. Bir klipning puliga kino ishlab chiqarish jarayonlarini ham boshimizdan o‘tkazdik.

Bugun talab darajasida turgan, o‘zining ishi bilan o‘zini salohiyatini ko‘rsata olgan kinochilar bilan ishlayapmiz. Xudo xohlasa, umidimiz juda katta.

Biz ular bilan qay darajada hamkormiz, degan savolga javob beradigan bo‘lsak, bizning O‘zbekiston buyurtmachi, demak, ular bizga xizmat ko‘rsatadi. Aktyor tanlashda, ssenariy tanlashda, filmni qabul qilishda ham oxirgi gapni biz aytamiz. Biz ularning ijodiy jamoasining mehnatidan foydalanamiz, lekin film g‘oyasining jilovi bizda turadi.

‘Jaloliddin Manguberdi’ filmi uchun ajratilgan maydon qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, bu maydon o‘zbek kinochilari uchun tajriba maydoniga aylanadi. Ulardan nechta ishchi guruh ishtirok etsa, bizdan ham shuncha ishchi guruh ishtirok etadi.

Bu film homiylar yordamida suratga olinmoqda. Bu homiylarni chin ma’noda vatanparvar deya olaman. Hattoki homiylarga ‘bizda, O‘zbekistonda film sotish tajribasi bo‘lmagani uchun, pulini qaytara olmasligimiz mumkin’, deganimizda ham ular fikridan qaytmasdan, bizni qo‘llab-quvvatlashda davom etishmoqda.

Filmga 5 million dollar atrofida mablag‘ ketadi. Taxminimcha, hali kutilmagan xarajatlar chiqish ehtimoli ham bor. Asosiy qismga mablag‘ topilgani uchun ko‘ngil to‘q.

Film 2020 yil bahor oylarida ekran yuzini ko‘radi. Bu vaqtda premera qilishimiz uchun biz suratga olish ishlarini 2019 yil oktyabr oyida boshlashimiz kerak bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ozodbek Nazarbekov shov-shuv bo‘lishi kutilayotgan «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy seriali haqida gapirdi