12:16 / 14.10.2019
5 846

Shavkat Mirziyoyev xonanda Ozoda Nursaidovani kechirdi

Shavkat Mirziyoyev xonanda Ozoda Nursaidovani kechirdi
Foto: Instagram / @ozodaofficial
Xonanda Ozoda Saidzoda (Nursaidova) shu yilning 10-oktabr kuni “O‘zbekkonsert”ga ruxsat beruvchi litsenziya so‘rab murojaat qilgan. Murojaat yuzasidan 13-oktabr, yakshanba kuni “O‘zbekkonsert”da san’atkorlar ishtirokida davra suhbati tashkil etilgan.

“O‘zbekkonsert” tarqatgan press-relizga ko‘ra, davra suhbatida xonandaning bundan bir necha yillar oldin siyosiy xatoga yo‘l qo‘ygani, bilib-bilmay, asoslanmagan ma’lumotlarga ishonib, inson shaxsiyatiga teguvchi noo‘rin fikrlar bildirgani, bundan tashqari, muxlislarga nisbatan hurmatsizlik qilgani, san’atkor odobi doirasidan chetga chiquvchi harakatlar sodir etgani ustozlar tomonidan qattiq tanqid qilingan.

Xonanda Ozoda Saidzodaning o‘zi ham so‘zga chiqib, xatolarini tan olib, jamoatchilik orasida o‘zining noo‘rin fikrlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali bayon etganidan astoydil pushaymon ekanligini bildirgan, prezident, xalq hamda barcha san’atkorlardan uzr so‘ragan.

Ustoz san’atkorlarning fikrlari tinglanganidan so‘ng, “O‘zbekkonsert” direktori Odiljon Abduqahhorov Prezident Shavkat Mirziyoyevning san’at ahliga bo‘lgan g‘amxo‘rligi, mehribonligi va kechirimliligi bois xonanda Ozoda Saidzoda kechirilgani hamda unga erkin ijod qilish imkoniyati yaratilganini ma’lum qilgan.

Qator yillar “taqiq”da bo‘lgan san’atkorlardan Sherali Jo‘rayev, Yulduz Usmonova, Sevara Nazarxon va boshqalar Shavkat Mirziyoyev Prezident etib saylanganidan so‘ng yana teleekranlar va katta sahnalarga qaytishgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shavkat Mirziyoyev xonanda Ozoda Nursaidovani kechirdi