21:35 / 14.10.2019
4 163

Komil Allamjonov: «Jahongir Otajonovni yaxshi ko‘rib tinglash uchun shaxsan bizga litsenziya kerak emas»

Komil Allamjonov: «Jahongir Otajonovni yaxshi ko‘rib tinglash uchun shaxsan bizga litsenziya kerak emas»
Foto: Facebook
Bugun, 14 oktyabr kuni xonanda Jahongir Otajonovning litsenziyasi tugatilgani haqida «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi rasmiy bayonot bilan chiqqandi.

Unda so‘nggi vaqtlarda Jahongir Otajonov mas’uliyatni biroz unutib qo‘ygani, san’atkor odobiga, milliy urf-odatlarimiz va odob-axloq qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan nomunosib harakatlar qilganlikda ayblanib, uning litsenziyasi bekor qilingani haqida ma’lum qilingandi.

«O‘zbekkonsert»ning ushbu bayonoti ijtimoiy tarmoqlarda turlicha qarshi olinmoqda.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bosh direktori Komil Allamjonov o‘zining telegram kanalida shunday yozib qoldirdi:

«Jahongir Otajonovning qo‘shiqlarini oilam va farzandlarim bilan yaxshi ko‘rib tinglayveramiz! Buning uchun shaxsan bizga litsenziya kerak emas!».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Komil Allamjonov: «Jahongir Otajonovni yaxshi ko‘rib tinglash uchun shaxsan bizga litsenziya kerak emas»