19:44 / 24.10.2019
6 732

Xonanda Ozoda Saidzodadan yangi tarona (klip)

Xonanda Ozoda Saidzodadan yangi tarona (klip)
Foto: Instagram / @ozodaofficial
Sizga ma’lumki, xonanda Ozoda Saidzoda (Nursaidova) shu yilning 10 oktyabr kuni «O‘zbekkonsert»ga ruxsat beruvchi litsenziya so‘rab murojaat qilgan va ushbu murojaat yuzasidan 13 oktyabr kuni «O‘zbekkonsert»da san’atkorlar ishtirokida davra suhbati tashkil etilgan edi.

Mazkur davra suhbatida xonanda Ozoda Saidzodaning o‘zi ham so‘zga chiqib, xatolarini tan olib, jamoatchilik orasida o‘zining noo‘rin fikrlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali bayon etganidan astoydil pushaymon ekanligini bildirgan, prezident, xalq hamda barcha san’atkorlardan uzr so‘ragan hamda xalqqa astoydil xizmat qilishini aytgan edi.

Ustoz san’atkorlarning fikrlari tinglanganidan so‘ng, «O‘zbekkonsert» direktori Odiljon Abduqahhorov Prezident Shavkat Mirziyoyevning san’at ahliga bo‘lgan g‘amxo‘rligi, mehribonligi va kechirimliligi bois xonanda Ozoda Saidzoda kechirilgani hamda unga erkin ijod qilish imkoniyati yaratilganini ma’lum qilgan edi.

Bunga javoban xonanda Ozoda Saidzoda ham o‘zining yangi "Ajdodlar" deb nomlangan taronasi klipini muxlislariga havola etdi.
Ushbu tarona tez fursatda muxlislar qalbidan chuqur joy egallaydi degan umiddamiz. Siz ham tinglang va o‘zingiz baho bering.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Xonanda Ozoda Saidzodadan yangi tarona (klip)