09:12 / 27.10.2019
10 470

Sindrella (Zolushka) to'qima obrazmi yoki?!...

Sindrella (Zolushka) to'qima obrazmi yoki?!...
Zolushka ertagining eng mashhur versiyalaridan biri 1697 yilda Charlz Perrault tomonidan fransuz tilida Cendrillon ou la petite pantoufle de verre nomi ostida yozilgan. Ertakning mashhurligi uning hikoyaga qo‘shimchalari, jumladan, qovoq, farishta va "shisha" tuflilarni kiritish bilan bog‘liq edi.

Zolushka hikoyasining eng qadimgi ma’lum bo‘lgan versiyasi, Misrdagi Naukratis mustamlakasida yashovchi Yunonistonlik buzuq ayol Radopisning qadimgi yunoncha hikoyasi bo‘lib, uning nomi "Qizil yanoq" degan ma’noni anglatadi. Hikoya birinchi marta yunon geografi Strabo tomonidan o‘zining "Geografiya" kitobida yozilgan (17, 33-betlar).

Uning mazmuni quyidagicha: bir kuni burgut xizmatkoridan o‘zining poyabzalini yechib olib, Memfisga olib borib bergan. Podshoh ochiq havoda odil sudlovni amalga oshirayotganda, burgut boshi uzra tizzasiga qo‘nib oladi, podsho shippakning go‘zal shakli va yasalishining g‘alati tusiga ega ekanligidan, shu oyoq kiyimni kiygan ayolni izlab mamlakatning har tomoniga odam yuboradi va u Naukratis shahrida topilganida, Memfisning huzuriga olib kelingach qirol uni o‘zining rafiqasi deb e’lon qiladi...

Xuddi shu voqeani keyinchalik Rim oratori Aelian (175-a. 235-yil) o‘zining "Rangba-rang tarix" kitobida ham to‘liq yunon tilida yozib qoldirgan. Aelianning hikoyasi Strabo aytib bergan voqeaga juda o‘xshaydi, ammo qo‘shimcha qilinishicha, fir’avnning nomi Psammetichus bo‘lgan. [9] Aelianning hikoyasidan ma’lum bo‘lishicha, Rodopisning hikoyasi qadimgi davrlarda mashhur bo‘lib kelgan.

Strabodan taxminan besh asr oldin Gerodot o‘zining tarixida Ropopis ismli bir xulqi buzuq go‘zal ayol haqidagi mashhur afsonani yozadi. Ropopiya Frakiyadan kelib chiqqan va Samos orolining quli va mashhur masalchi Ezopning do‘sti bo‘lgan. Misrga fir’avn Amasis davrida olib kelingan va lirik shoir Saffoning akasi Mikilenaning xo‘jayini tomonidan katta miqdordagi pul evaziga ozod qilingan.

Albatta siz va biz bilgan Sindrella pokiza va mehnatkash, go‘zal qiz obrazida namoyon bo‘lgan. Chunki yunon yozuvchilarining variantidan keyin Charlz Perrault uni sevimli Sindrella (Zolushka)ga aylantirgan. Bugungi kunda ushbu ertak- hikoyaning bir necha versiyalari mavjud bo‘lib, ulardan biz sevgan bir-biridan ajoyib filmlar yaratilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Sindrella (Zolushka) to'qima obrazmi yoki?!...