19:12 / 04.11.2019
4 729

«Meni o‘g‘ri deysizlar, ammo men so‘rab aytaman». Bahrom Nazarovning «Insofsiz» qo‘shig‘i plagiatmi? (video)

«Meni o‘g‘ri deysizlar, ammo men so‘rab aytaman». Bahrom Nazarovning «Insofsiz» qo‘shig‘i plagiatmi? (video)
Foto: «Daryo»
«Xalqlar do‘stligi» san’at saroyida 1—4 noyabr kunlari xonanda Bahrom Nazarovning «Yuraksiz» deb nomlangan konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Xonandaning so‘nggi vaqtlarda ommalashib borayotgan «Insofsiz» taronasi asl muallifi ozarbayjonlik xonanda Asif Meherremov ekanligi gap-so‘zlarga sabab bo‘layotgan edi.

Bahrom Nazarov ushbu qo‘shiqqa bir musofir yigitning hayoti aks etgan videoklip suratga oldirgan.

Asif Meherremov esa ushbu qo‘shiqqa klip ham ishlamagan, ammo ushbu tarona Youtube’da 7 milliondan ortiq tomosha qilingan.

Bahrom Nazarov o‘zining yakkaxon konsert dasturida ozarbayjonlik xonanda Asif Meherremovni ham taklif qilib, bu qo‘shiqning muallifi u ekanligini barchaga ma’lum qildi.
- 2019 yilning sentyabr oyida muxlislarimizga taqdim qilingan ‘Insofsiz’ deb nomlangan qo‘shiqning muallifi ozarbayjonlik xonanda Asif Meherremov bo‘ladi. Bugun Asif Meherremov bilan sizlarga ushbu qo‘shiqni duet tarzida kuylab beramiz. Meni o‘g‘ri-o‘g‘ri deysizlar, ammo men har doim muallifdan so‘rab aytaman.

Dastur davomida ozarbayjonlik xonanda Asif Meherremov Bahrom Nazarovning konsert dasturida «Gəl Gör» taronasini duet tarzida kuyladi. Ushbu duetni muxlislar juda ham yaxshi kutib olishdi. Bundan tashqari, xonanda «Gece-Gece» taronasini ham muxlislarga kuylab berdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Meni o‘g‘ri deysizlar, ammo men so‘rab aytaman». Bahrom Nazarovning «Insofsiz» qo‘shig‘i plagiatmi? (video)