07:40 / 08.11.2019
8 043

Shavkat Komilov suratga olish jarayonida aktrisani o‘ldirib qo‘yishiga bir bahya qoldi (video)

Shavkat Komilov suratga olish jarayonida aktrisani o‘ldirib qo‘yishiga bir bahya qoldi (video)
“Yolg‘izlar”, “Ko‘z yoshim”, “Dard” kabi o‘n beshdan ziyod filmlari orqali tanilgan aktyor Shavkat Komilov ishtirokida video tarqaldi.

Unda aktyor, partnyori Aziza Yoqubovani chin ma’noda o‘ldirib qo‘yishiga bir bahya qolganini ko‘rishingiz mumkin. Bu haqida jabrlangan aktrisa o‘zining instagramdagi sahifasida yozib qoldirgan.

Videodagi tasvirda Shavkat Komilov rolga berilib ketganidan, qarshisidagi insonning joni qanchalik og‘riyotganini sezmay qolgan, hatto. Atrofdagi ijodiy guruh a’zolari esa aktyorning holatini ko‘rib o‘sha zahoti Azizani qutqarib qolishgan.

Ochig‘i, nima deyishni bilmay qoldik. Ijodkor rolga “sho‘ng‘ib” ketadi, deganlari shu bo‘lsa kerak...

Ma’lumot o‘rnida:
Ushbu sahna ko‘rinishi “Sevimli” telekanali uchun suratga olinayotgan “Zalolat” milliy serialidan lavha.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shavkat Komilov suratga olish jarayonida aktrisani o‘ldirib qo‘yishiga bir bahya qoldi (video)