13:18 / 08.11.2019
4 275

Yangi tanlov: "Oltin kabutar” mukofoti o‘z egalarini kutmoqda

Yangi tanlov: "Oltin kabutar” mukofoti o‘z egalarini kutmoqda
Ma’lumki, dunyoda ko‘plab nufuzli telekanallarning ijodkorlarni taqdirlaydigan o‘z tanlovlari mavjud. “Mening yurtim” (My5) va “Yoshlar” telekanallari yurtimizda ham ana shunday mukofotni yo‘lga qo‘yishga qaror qilishdi. "Oltin kabutar" deb nomlangan ushbu tanlovda televideniye, san’at va madaniyat hamda kino sohasi vakillari taqdirlanadi.

2019 yilda samarali mehnat qilgan ijodkorlarni tantanali taqdirlash marosimi yurtimizning muhtasham “Istiqlol” san’at saroyida 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Xo‘sh, “Oltin kabutar”ning boshqa mukofotlardan farqi nimada? Qizig‘i, “Oltin kabutar” g‘oliblarini hakamlar hay’ati aniqlamaydi, aksincha ularni tomoshabinlarning o‘zi ovoz berish yo‘li orqali aniqlashadi.
Buning uchun ishtirokchilar besh bosqichdan o‘tishlari lozim:
Birinchi bosqichda, har bir nominatsiya bo‘yicha 20 nafardan nomzod keng jamoatchilik e’tiboriga havola etiladi va ovozga qo‘yiladi (1-15 noyabr);
ikkinchi bosqichda eng ko‘p ovoz olgan 10 nafar nomzod saralab olinadi va qayta ovozga qo‘yiladi (16-20 noyabr);
uchinchi bosqichda eng ko‘p ovoz olgan 5 nafar nomzod telekanallar orqali tomoshabinlarlarga taqdim etiladi va SMS ovoz berish yo‘li bilan ball yig‘iladi (21-25 noyabr);
to‘rtinchi bosqichda eng ko‘p ovoz olgan 3 nafar nomzod efir orqali tomoshabinlarlarga taqdim etiladi va SMS ovoz berish yo‘li bilan ball yig‘iladi (26 noyabr - 3 dekabr soat 22:00 gacha);
So‘nggi bosqichda 3 nafar nomzodga SMS orqali berilgan ovozlar soni jamlanadi va g‘olib 4 dekabr kuni taqdimot marosimida e’lon qilinadi.

“Oltin kabutar” mukofoti nominatsiyalari:
“Eng yaxshi milliy serial”
“Eng yaxshi aktyor”
“Eng yaxshi videoklip”
“Eng yaxshi estrada xonandasi”
“Eng yaxshi teleboshlovchi”
“Eng yaxshi telejurnalist”
“Eng yaxshi tok-shou”
“Eng yaxshi saundtrek”
“Eng yaxshi ko‘rsatuv”

"Oltin kabutar"ning maxsus mukofotlari:
“O‘zbek san’ati rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun”
“O‘zbek televideniyesi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun”
“Eng yaxshi murabbiy”.

Bundan tashqari hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Eng yaxshi konsert dasturi”, “Eng yaxshi rejissyor”, “Eng yaxshi badiiy film”, “Yil blogeri”, “Yilning eng faol yoshi”, “Yilning eng yaxshi hunarmandi”, “Yil investori”, “Yilning eng yaxshi ixtirochisi”, “Yilning eng yaxshi arxitektori”, “Yilning eng yaxshi maqom ijrochisi”, “Yil rassomi”, “Yil shifokori”, “Yilning eng yaxshi tadbirkori” kabi rag‘batlantiruvchi mukofotlar ham taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yangi tanlov: "Oltin kabutar” mukofoti o‘z egalarini kutmoqda