07:02 / 20.11.2019
8 030

Xritik Roshan​ nega oilasi bilan ajrashgan?

Xritik Roshan​ nega oilasi bilan ajrashgan?
Bollivudning mashhur yulduzlaridan biri bo‘lgan Xritik Roshan o‘z rafiqasi Sussanna Xon bilan ajrashgani ko‘pchilik muxlislarimizga ma’lumdir. Ularning muhabbati ancha yillik tarixga ega bo‘lib, ikkala yosh bir-birlarini yoshlikdan sevib kelishgan. Ulg‘aygandan keyingi to‘rt yillik davom etgan ishqiy munosabatlari oxiri nikoh bilan yakunlandi. Xritik Roshan va Sussanna Xonlarning to‘yi 2000 yil bo‘lib o‘tgan. Ularning oilasida ikki o‘g‘il farzand dunyoga kelgan. Ularning ismi Xrehaan va Hridhaan. 2013 yilda ushbu juftlik orasida muammolar vujudga kelgan va 2014 yilda ular ajrashib ketishgan.

Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, oilaning buzilishiga sabab Xritik Roshanning sadoqatsizligi bo‘lgan. Negaki, aktyor va uning kinodagi partnyorlari o‘rtasida yuzaga kelgan munosabatlar hamisha odamlar og‘zida bo‘lgan. 2001 yilgi Karina Kapur bilan bo‘lgan ijodiy sherikligidan keyin ular o‘rtasida iliq munosabatlar uyg‘ongan hamda 2003 yilda suratga olingan Main Prem Ki Divani Xun filmidan so‘ng munosabatlari yanada jiddiy tus olgan.

Biroq bu munosabatlarning davom etishini ikkala ijodkorning ham onalari xohlashmagan. Shu bilan ular bir-birlaridan uzoqlashishgan. 2010 yilda Kites filmining suratga olish jarayonida meksikalik aktrisa Barbara Mori va Xritik Roshan o‘rtalarida aloqalar borligi haqida mish-mishlar tarqaldi. Uning Barbara bilan munosabatlari Xritikning turmushida sezilarli muammolarni yuzaga keltirgan va aytishlaricha, Sussanna uyidan ketib, ota-onasi bilan yashay boshlagan.

Sussannaning giyohvand moddalarga ruju qo‘ygani haqida turli xil xabarlar tarqalgan va bir nechta jamoat yig‘inlarida uning giyohvand modda iste’mol qilganiga guvoh bo‘lishgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Arjun Rampal va Sussannaning o‘rtalarida do‘stlik munosabatlari bo‘lib, uning bu yo‘lga kirishida ham Rampalning ta’siri bo‘lgan.

Xritikning ajrashish qaroriga kelishining asosiy sabablaridan biri ham aynan shudir. Ana shunday tushunmovchiliklarga qaramay, bugungi kunda Xritik Roshan va Sussanna Xon o‘rtasida samimiy do‘stlik saqlanib qolgan. Ular farzandlarining baxti uchun doimo mas’uliyatli ota-ona vazifasini bajarib kelishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Xritik Roshan​ nega oilasi bilan ajrashgan?