06:30 / 28.11.2019
14 561

Kelishgan hind aktyori Xritik Roshan haqida qanchalik ma’lumotga egasiz?

Kelishgan hind aktyori Xritik Roshan haqida qanchalik ma’lumotga egasiz?
O‘zining ko‘plab muxlislariga ega Xritik Roshan Hindistondagi eng kelishgan aktyorlardan biri. U nafaqat rejissyor, aktyor, balki rassom sifatida ham tanilgan.
Xritik Roshan 1974 yil 10 yanvarda tug‘ilgan. Zodiak belgisiga ko‘ra, u tog‘ echkisi.
Roshanning oilasi kino olamiga aloqador bo‘lganligi sababli ham unga juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Xritikning otasi hind aktyori va rejissyori Rakesh Roshan, onasi esa aktrisa bo‘mish Pinki, amakisi Rajer taniqli hind bastakoridir. Yoshligida nutqining ravonsizligi hamda qo‘lida 6 ta barmoq bilan tug‘ilishi sababli Roshan kino olamiga qadam bosishdan juda ham qo‘rqadi.

Biroq, olti yoshida, 1980 yilda bola dastlab "Aasha" filmida, keyin "Aap Ke Deewane" filmida suratga tushadi. So‘ng "Yaxshi ko‘rishingni ayt menga" kinosida o‘ynagan roli uchun "Eng yaxshi aktyor va debyut" nominatsiyalarida "Filmfare" mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Xritikning ota-onasi uni Yevropada tahsil olishini xohlagan. Ammo u yashirincha aktyorlik darslariga qatnashishni boshlagan. Ota-onasi esa bunga boshqacha munosabatda bo‘ldi. Chunki uning otasi uni aktyor emas, balki rejissyor bo‘lishini istagan. Roshan yoshligidan ko‘p mehnat qilib, hozirgi darajagacha ko‘tarila oldi. Hozirda u nafaqat Hind aholisining, qolaversa, ko‘plab chet el tomoshabinlarining qalbidan chuqur joy egallagan. Uning filmlarini barcha sevib tomosha qiladi.

Xritik Roshan taniqli rejissyorning qizi bo‘lmish Suzanna Xonga uylanadi. Ularning Rehan hamda Ridan ismli 2 o‘g‘li bor.

Roshan ayoli bilan atigi 13 yil birga yashab, ajrashdi. Bu holat esa uni muxlislarini hayajonga solib qo‘ydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Kelishgan hind aktyori Xritik Roshan haqida qanchalik ma’lumotga egasiz?