22:10 / 27.11.2019
9 441

Jozibador, xushovoz xonanda Shakira haqida

Jozibador, xushovoz xonanda Shakira haqida
Shakira Izabel Mebarak Ripoll 1977 yil 2 fevralda tug‘ilgan. U kolumbiyalik qo‘shiqchi, raqqos, prodyuser, xoreograf va model. U 2000 yillarning boshlarida ispan va ingliz tilidagi musiqa reytinglarida muvaffaqiyatga erishgan eng omadli Lotin Amerika qo‘shiqchisi sifatida tanilgan.

Shakiraning "Laundry Service" (2001) beshinchi albomi Angliyada chiqadi. Shakira ko‘plab mukofotlarga, jumladan "MTV Video Music Awards"i mukofotiga, ikkita "Grammis"ga, sakkizta "Lotin Grammisi"ga, yigirma sakkizta "Billboard Latin Music Awards" va "Golden globe" mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Shakira ispan, ingliz, portugal, italyan tillarida bemalol so‘zlasha oladi. Shuningdek, u fransuz hamda arab tillarini ham biladi. U dunyo tarixiga juda qiziqadi va ko‘pincha o‘zi tashrif buyurgan mamlakatlarning tarixi va tillarini o‘rganib boradi.

Shakira ispaniyalik futbolchi, "Barselona" jamoasining yarim himoyachisi Jerar Pike bilan uchrashib yurgan. Shakira 2011 yil 29 mart kuni Twitter va Facebook orqali rasman munosabtlarini e’lon qildi. 2012 yil sentyabr oyida Shakira va Pike birinchi farzandlarini kutayotganlarini ijtimoiy tarmoqlarda aytib o‘tdi.

Hozirda Shakiraning Milan hamda Sasha ismli 2 o‘g‘li bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Jozibador, xushovoz xonanda Shakira haqida