21:44 / 27.11.2019
3 676

O‘zbekiston madaniyat vaziri: Lolaning klipi menga yoqmadi

O‘zbekiston madaniyat vaziri: Lolaning klipi menga yoqmadi
O‘zbekiston madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayevning aytishicha, Lolaning «Sevgingni menga ayt 2» klipini turlicha talqin qilish mumkin. U bu haqda 27 noyabr kuni jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda «Daryo».

Tadbirda «Daryo» muxbiri vazirga: «Lolaning klipini ko‘rdingizmi va klip bo‘yicha nima deya olasiz?» mazmunida savol bilan murojaat qilgan. Vazir klip unga yoqmaganini tan olgan.

"Lolaning klipini har xil talqin qilish mumkin. Vazir ko‘rmas ekan, deb o‘ylamanglar. Men ko‘rib boraman. Har bitta klipning har bir jihatini ko‘ramiz, muhokama qilamiz.
Gapning ochig‘i, Lolaning klipini ikki xil ma’noda talqin qilish mumkin — yaxshi deyish ham mumkin, yomon deyish ham mumkin. Shaxsiy fikrim — bu klip menga yoqmadi", deydi O‘zbekiston madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev.

Xonanda Lola 13 noyabr kuni YouTube’da «Sevgingni menga ayt» qo‘shig‘iga olingan ikkinchi klip («Sevgingni menga ayt 2»)ni e’lon qilgan edi. Klipda ijodiy faoliyatni tartibga soluvchi komissiya faoliyati o‘ziga xos ravishda ko‘rsatib berilgan, shuningdek, milliy mentalitet, soqol muammosi, ijodni cheklashga urinish holatlari satirik ko‘rinishda tanqid ostiga olingan edi.

Lolaning «Sevgingni menga ayt 2» klipidan lavha.
Foto: YouTube

Ko‘p o‘tmay O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova Lolani «atlasni masxaraboz kiyimi, ma’naviyat so‘zini o‘yinchoq qilish»da, Lolaning o‘zi esa ommaviy axborot vositalarini klipning «mohiyati va mazmunini o‘zgartirib, o‘z manfaati yo‘lida foydalanishga qaror qilgan»liklarida ayblab chiqqan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbekiston madaniyat vaziri: Lolaning klipi menga yoqmadi