19:53 / 28.11.2019
2 828

Madaniyat vaziri: “Oʻzbekkonsert” sanʼatkorning litsenziyasini olib qoʻyishga haqli emas»

Madaniyat vaziri: “Oʻzbekkonsert” sanʼatkorning litsenziyasini olib qoʻyishga haqli emas»
“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi sanʼatkorlarning litsenziyasini qaytarib olishga vakolatli emas. Litsenziyani toʻxtatish yoki bekor qilish sudning ishi. Bu haqida Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev ommaviy axborot vositalari ishtirokida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida toʻxtalib oʻtdi.

Baxtiyor Sayfullayev yaqinda sanʼatkorlarning litsenziyasini toʻxtatish va qaytarib berish boʻyicha tarqalgan gap-soʻzlarga oydinlik kiritdi:
Litsenziya bilan bogʻliq shov-shuvlarga sabab «litsenziyani toʻxtatdi” degan gap boʻldi. Ommaviy axborot vositalari inobatga olishlarini istardim ─ “Oʻzbekkonsert”ning litsenziyani qaytarib olishga haqqi yoʻq. U litsenziyani 10 kunga toʻxtatadi. Shu vaqt ichida tadbirkorni sudga beradi. Litsenziyani bekor qilish yoki toʻxtatish sud vakolatiga kiradi. Sanʼatkorlarning birortasi davlat tashkilotida ishlamaydi. Ularning hammasi tadbirkor, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanyapti. “Oʻzbekkonsert” ularning faoliyatini boshqarib turadi».

Shuningdek, Madaniyat vaziri “Oʻzbekkonsert” davlat tashkilotini tugatish boʻyicha ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlarga munosabat bildirdi.

Agar biz kimningdir gapiga kirib, «Oʻzbekkonsert”ni yopadigan boʻlsak, koʻp narsa yutqazamiz. Yopish oson, tashkil qilish qiyin. “Oʻzbekkonsert”ni yopish haqida oʻylamayapmiz, uning faoliyatini takomillashtirish boʻyicha hukumatga taklif kiritganmiz», deya qoʻshimcha qilgan Baxtiyor Sayfullayev.

Eslatib oʻtamiz, “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odil Aduqahhorov sanʼatkorlarning litsenziyasini olib qoʻyish va qaytarish jamoatchilikning fikridan kelib chiqqan holda amalga oshirilishini maʼlum qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Madaniyat vaziri: “Oʻzbekkonsert” sanʼatkorning litsenziyasini olib qoʻyishga haqli emas»