06:00 / 30.11.2019
2 897

O‘zbek filmlari ilk bor nufuzli xalqaro kinofestivalida mukofotlar uchun kurashadi


O‘zbekistonlik yosh kinoijodkorlar joriy yilning 26 noyabridan 1 dekabriga qadar davom etadigan “DigiCon6 Asia Awards — 2019” xalqaro qisqa metrajli filmlar festivalida ishtirok etish uchun Gonkongga jo‘nab ketdi.
O‘zbek filmlari ilk bor nufuzli xalqaro kinofestivalida mukofotlar uchun kurashadi
Osiyo bo‘yicha iqtidorli mualliflarni topish, tanitish va ularning ajoyib ishlari uchun rag‘batlantirish maqsadida har yili kuzda o‘tkazib kelinadigan “DigiCon6 Asia Awards” mukofotiga o‘zbekistonlik yosh kinoijodkorlarning ikkita filmi — Shokir Xoliqovning “Choy” va Mahliyo Asqaraliyevaning “Sovg‘a”si taqdim etildi. O‘zbekistonlik vakillar jami yetti kishidan iborat.

— Yosh kinoijodkorlar — milliy kinematografiyaning kelajagi, shu sabab ularning ijodiy mahorati oshishiga katta e’tibor qaratish lozim, — deydi “O‘zbekkino” rahbari Firdavs Abduxoliqov. — Bizning iqtidorli yigitlar bunday nufuzi festivalda O‘zbekistonda yosh kinoijodkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va o‘zlarining qobiliyati tufayli ishtirok etishmoqda, deya qo‘shimcha qildi u.

— Kelgusida “O‘zbekkino” yosh kinoijodkorlar mahoratini oshirish uchun ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qator loyihalar tashkillashtirishini ta’kidlab o‘tdi Abduxoliqov.

— Biz “O‘zbekkino” milliy agentligi qoshida Yoshlar ijodiy markazi va yoshlar ijodiy studiyasini tashkil etishni rejalashtiryapmiz. Bundan tashqari, barcha kerakli uskunalar bilan jihozlangan 150 o‘rinli ijodiy laboratoriyani ochishni mo‘ljalladik, deydi “O‘zbekkino” rahbari.

Shuni qayd etish kerakki, “DigiCon6 Asia Awards”da Yaponiya, Xitoy, Gonkong, Hindiston, Indoneziya, Koreya, Malayziya, Singapur, Tayvan, Tailand davlatlari vakillari ishtirok etmoqda. O‘zbekiston festivalda ilk bor qatnashmoqda. Yaponiyaning yirik media kinokompaniyasi TBS kinofestival tashkilotchisi hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbek filmlari ilk bor nufuzli xalqaro kinofestivalida mukofotlar uchun kurashadi