19:47 / 05.12.2019
3 037

O‘zbekiston va Rossiya kinoijodkorlari hamkorlikda "Baron-2" va “Mister Nokaut” filmini suratga olishadi

O‘zbekiston va Rossiya kinoijodkorlari hamkorlikda "Baron-2" va “Mister Nokaut” filmini suratga olishadi
Ayni paytda Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi madaniyat kunlari doirasida “O‘zbekkino” Milliy agentligi tomonidan “O‘zbekiston-Rossiya“ xalqaro kinoforumi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, “O‘zbekkino” Milliy agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri o‘rinbosari Pavel Stepanov, STV telekompaniyasi rahbari, kinoprodyuser Sergey Selyanov, Butun Rossiya davlat kinematografiya instituti rektori Vladimir Malishev, “Soyuzmultfilm” studiyasi direktori Boris Mashkovsev, “O‘zbekkino” Milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Rizayev, “O‘zbekfilm” DUK rahbari Fotix Jalolov, shuningdek soha mutaxassislari, talabalar, jurnalist va blogerlar qatnashyapti.

“O‘zbekkino” Milliy agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov O‘zbekistonda kino sanoatini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor, ikki davlat kinoijodkorlari o‘rtasida kutilayotgan hamkorlikdagi dastur va loyihalar haqida gapirib o‘tdi.

Butun Rossiya davlat kinematografiya instituti rektori Vladimir Malishev Butun Rossiya davlat kinematografiya instituti va “O‘zbekkino“ Milliy agentligi o‘rtasida malakali kadrlarni tayyorlash borasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zbekistonlik yosh kinoijodkorlar uchun maxsus va malaka oshirish kurslarini tashkil etish kabi muhim vazifalarni amalga oshirish rejalashtirilayotganini ta’kidladi.

Ushbu hamkorlik mevasi o‘laroq “Mister Nokaut“ va Baron-2" filmi suratga olinishi qo‘shimcha qilindi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbekiston va Rossiya kinoijodkorlari hamkorlikda "Baron-2" va “Mister Nokaut” filmini suratga olishadi