14:35 / 26.12.2019
4 261

“O‘zbekkino” suratga olinayotgan 3 ta film uchun 17 mlrd. so‘m mablag‘ ajratdi

“O‘zbekkino” suratga olinayotgan 3 ta film uchun 17 mlrd. so‘m mablag‘ ajratdi
Zarafshon” konsert zalining Media hollida “O‘zbekkino” Milliy agentligi va O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi hamkorligida “Milliy kinematografiyani rivojlantirish chora-tadbirlari natijadorligi va navbatdagi ustuvor vazifalar” bo‘yicha kinoforum bo‘lib o‘tmoqda.

Agentlik Bosh direktori Firdavs Abduxoliqovning aytishicha, “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan suratga olinayotgan “Ilhaq”, “Ibrat” va “101-reys” filmlari va boshqa kino mahsulotlari uchun 17 mlrd. so‘m, yosh kino ijodkorlar uchun yetarli shart-sharoit yaratish maqsadida tegishli moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun – 600 mln. so‘m ajratilishi belgilangan.

2020 yilda rekonstruksiya uchun Investitsiya dasturiga “Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi” DUK, “Respublika kinoprokat markazi” DUK, “Do‘rmon” kinoijodkorlar uyi” DUK, “Qoraqalpoqfilm” DUK singari inshootlar kiritilgan.

Investitsiya dasturiga kiritilgan ob’ektlarni rekonstruksiya qilish uchun 20 mlrd so‘m ajratilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “O‘zbekkino” suratga olinayotgan 3 ta film uchun 17 mlrd. so‘m mablag‘ ajratdi