16:10 / 02.01.2020
5 597

Endi litsenziyasi bo‘lmagan xonandalar to‘ylarga bora olmaydi

Endi litsenziyasi bo‘lmagan xonandalar to‘ylarga bora olmaydi
2020 yilning 1 yanvaridan boshlab san’atkorlarning to‘y va maraka marosimlarida litsenziyasiz ishtirok etishlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu haqda Oliy Majlis senatining axborot xizmati ma’lum qildi.

Yangi qarorda ko‘zda tutilgan tartiblarga ko‘ra, bundan buyon to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarda ishtirok etuvchi san’atkorlar to‘yxona, kafe, restoran ma’muriyatiga xizmat ko‘rsatishga ruxsat beruvchi litsenziya nusxasini taqdim etishi shart.

Shuningdek, to‘ylar, oilaviy tantanalar hamda ma’raka va marosimlarda xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, so‘z ustasi, fotograf va boshqalar qonuniy tartibda shartnoma asosida xizmat ko‘rsatadi.

Yuqorida ko‘zda tutilgan marosimlarda ikki nafardan ortiq xonandaning yoki guruhning xizmat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bundan tashqari to‘yxona, kafe va restoranlar ma’muriyati to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilayotganda xavfsizlik choralari ta’minlanishi shart.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Endi litsenziyasi bo‘lmagan xonandalar to‘ylarga bora olmaydi