Foto: «Daryo»
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yodgor Sa’diyev «Daryo» internet-nashri uchun intervyu berdi. Suhbat davomida Yodgor Sa’diyev «Shaytanat» serialining hali katta ekranlarga chiqmagan, so‘nggi 21-qismi haqida gapirib berdi.
- ‘Shaytanat’ serialining 21-qismda yangi chehralar bor, yangi chehralardan Ulug‘bek Qodirov hamda Nozim To‘laxo‘jayev singari aktyorlar rol ijro qilishgan. Yangi chehralardan shu, ya’ni xalqimiz taniydigan aktyorlarni aytyapman.
Men o‘zimcha shu bilan ‘Shaytanat’ serialini tugatdim. Men buyog‘iga qadam ham bosmayman, chunki Tohir akaning ham so‘zini olganman. Shu bilan tugataman desam, ‘Yaxshi qilibsiz’, dedilar. Film nima bilan tugashi, uning yakuni qanday bo‘lishi haqida hozir gapirib o‘tirmayman.
O‘sha stildan o‘ngga ham chapga ham chiqilgan emas. O‘sha til. Agar keyingilari ham olinadigan bo‘lsa, shu yo‘nalishda bo‘ladi. Chunki o‘sha yo‘nalish bilan serial odamlarga manzur bo‘lishi mumkin. Men yana bir narsani aytaman, Tohir Malikning bu asarida mantiq juda ham kuchli. Hozirgi ba’zi filmlarni ko‘rishadi-da, kinoteatrdan chiqib unutishadi, chunki mantiq yo‘q. Yoshlarimiz bu masalada ko‘proq shoshilishadi, - deydi Yodgor Sa’diyev.
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yodgor Sa’diyev suhbat davomida «Shaytanat» serialining telekanallardagi 20 yillik «zapret»i sababi, serialning 21-qismi hamda hayoti va ijodiga oid ko‘plab javobsiz savollarga oydinlik kiritgan.
Ma’lumot uchun, «Shaytanat» serialining 21-qismi ayni kunlarda montaj va dublyaj jarayonida. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi