23:23 / 28.01.2020
4 273

«O‘zbekkonsert» Filipp Kirkorovning raqqosalari kiyimlariga nega munosabat bildirmagan edi?

«O‘zbekkonsert» Filipp Kirkorovning raqqosalari kiyimlariga nega munosabat bildirmagan edi?
«O‘zbekkonsert»da yoshlar bilan ijodiy uchrashuv hamda matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanida «O‘zbekkonsert» rahbari Odiljon Abduqahhorov intervyu berdi.

Odiljon Abduqahhorov suhbat davomida Filipp Kirkorovning Toshkentda bo‘lib o‘tgan konsertidagi raqqosalarning kiyimlari ijtimoiy tarmoqlarda tanqidlar ostida qolgani, ammo bu holatga «O‘zbekkonsert» izoh bermagani sababini quyidagicha izohladi.

- Ushbu holat bo‘yicha ‘O‘zbekkonsert’ davlat muassasasi emas, balki Madaniyat vazirligi munosabat bildirdi. Yana bir qiziqarli tomoni shundaki, agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, Filipp Kirkorovning konsertida sahnadagi raqqosalarning kiyimlariga jamoatchilik tomonidan juda katta e’tirozlar bildirildi.

Aynan shu e’tirozlardan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan munosabat bildirilganida, o‘sha bildirilgan munosabatga ‘nimaga endi buni nazorat qilish kerak?’, mazmunida e’tirozlar bo‘ldi.

Jamoatchilikning ayrim qismi bu narsani qoralasa, boshqa qismi bu holatni qo‘llab-quvvatlamoqda. Shundan kelib chiqqan holda, biz barchasining o‘rta me’yorini olib, ikki tomonga ham yoqadigan konsertlar tashkil qilishga harakat qilmoqdamiz
, - deydi Odiljon Abduqahhorov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «O‘zbekkonsert» Filipp Kirkorovning raqqosalari kiyimlariga nega munosabat bildirmagan edi?