10:52 / 26.02.2020
8 268

O‘zbek dublyaji qiroli olamdan o‘tdi

O‘zbek dublyaji qiroli olamdan o‘tdi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist G‘aybulla Hojiyev bugun uyqusida vafot etdi. Bu haqda uning o‘g‘li Ravshan Hojiyev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirdi.
Tunda osuda holatda, uyquda otam olamdan o‘tdi. Dafn marosimi qachon o‘tishini keyin ma’lum qilaman. Hozircha qo‘ng‘iroqlarga javob bera olmayman”, deb yozadi o‘g‘li.

Aktyor 1956 yilda Buxoroyi Sharifda tug‘ilgan. 1973-77 yillarda Toshkent davlat San’at institutida tahsil olgan. 1976 yilda Abror Hidoyatov (avvalgi «Yosh gvardiya») teatrida ish boshlagan. 1987 yildan Hamza nomidagi o‘zbek davlat akademik teatrida faoliyatini boshlagan. Aktyor shoir Azim Suyunning «Sarbadorlar» asarida Abu Bakir Kalaviy, Abdulla Oripovning «Sohibqiron» asarida Xoja Ahmad Yassaviy, Abdulla Qodiriyning Mehrobdan chayon» spektaklida Solih mahdum, Ibrohim Sodiqovning «Afandining besh xotini» spektaklida Afandi, Hayitmat Rasulning «Piri koinot» spektaklida Ahmad Farg‘oniy, Shekspirning «Qirol Lir» asarida graf Gloster, Aleksandr Kosanoning «Yetti faryod» spektaklida Sabalo kabi o‘nlab rangbarang rollar ijro etgan. Og‘ir xastalik tufayli teatrdan ketishga majbur bo‘lgan. Ammo, ijoddan to‘xtamay, turli tele va radio loyihalarda ishtirok etib kelgan.

Zamin.uz tahririyati marhumning vafoti munosabati bilan uning yaqinlariga chuqur ta’ziya bildiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbek dublyaji qiroli olamdan o‘tdi