16:30 / 07.03.2020
6 057

Sherali Jo‘rayev o‘g‘li Zohirshoh Jo‘rayevning sahnadagi kamchiligi haqida gapirdi (video)

Sherali Jo‘rayev o‘g‘li Zohirshoh Jo‘rayevning sahnadagi kamchiligi haqida gapirdi (video)
Foto: «Daryo»
«Xalqlar do‘stligi» saroyida 24—25 fevral kunlari Zohirshoh Jo‘rayevning «Seni sog‘inib» deb nomlangan konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Dasturda O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev ham mehmon bo‘ldi.
«Tomoshabinlar bilan ishlashni o‘rganinglar, shu kamchiligingiz bor xolos», deya Sherali Jo‘rayev o‘g‘lining sahnadagi kamchiligi haqida gapirdi.

Zohirshoh Jo‘rayev jurnalist Feruz Muhammadga bergan qisqa intervyusida muxlislar bilan otasidek munosabatda bo‘la olmasligi sababi haqida aytib o‘tdi.
- "Endi, u insondek muxlislar bilan aloqa qilolmaymiz, sababi u inson eng sevimli san’atkor. Shunaqangi odatlari, harakatlari borki, faqat u insonning o‘ziga yarashadi. Boshqa birorta qo‘shiqchiga yarashmaydi.

Otam o‘zlaridan kelib chiqib gapiryaptilar. Men hali bemalol harakat qila olmayman, men hali u ishlarni qilishga loyiq emasman. Hali birorta qo‘shiqchi ulardek bemalol shohona harakat qilishga loyiq emas. U insonning o‘z mavqeyi bor, u insonga yarashadi
", - deydi Zohirshoh Jo‘rayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Sherali Jo‘rayev o‘g‘li Zohirshoh Jo‘rayevning sahnadagi kamchiligi haqida gapirdi (video)