21:36 / 15.03.2020
5 662

Koronavirus sabab Yulduz Usmonovaning konserti 16 martdan boshlab qoldiriladi

Koronavirus sabab Yulduz Usmonovaning konserti 16 martdan boshlab qoldiriladi
Foto: «Daryo»
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova «Xalqlar do‘stligi» saroyida 10—25 mart kunlari o‘zining yangi yakkaxon konsert dasturini taqdim qilayotgan edi. Koronavirus sababli Yulduz Usmonovaning konsert dasturi 16 mart kunidan qoldirildi. 15 martdagi konsert esa o‘tkaziladi. Bu haqda «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi rahbari Odiljon Abduqahhorov ma’lum qildi.

- O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning konsert dasturi 16 martdan boshlab vaqtincha qoldirildi. Olingan barcha chiptalar o‘z kuchida qoladi. Konsert dasturi qachon bo‘lib o‘tishi haqida eng kamida ikki kun oldin ma’lum qilinadi, - deydi «O‘zbekkonsert» rahbari Odiljon Abduqahhorov.

«Million» kulgi jamoasining konsert dasturi esa 28 martdan 6 aprelgacha bo‘lishi rejalashtirilgan edi. «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi rahbari Odiljon Abduqahhorov bergan ma’lumotlarga qaraganda, «Million» jamoasining konsert dasturi belgilangan vaqtidan boshqa kunlarga ko‘chirilgan bo‘lib, dastur 27 iyundan 6 iyulgacha bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Koronavirus sabab Yulduz Usmonovaning konserti 16 martdan boshlab qoldiriladi