07:07 / 16.03.2020
7 986

Yulduz Usmonova koronavirus sabab konserti qoldirilganiga munosabat bildirdi (video)

Yulduz Usmonova koronavirus sabab konserti qoldirilganiga munosabat bildirdi (video)
Koronavirus sabab O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning hamda boshqa bir qancha san’atkorlarning konsert dasturlari vaqtincha qoldirildi.
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova «Daryo» muxbiri Feruz Muhammadga ushbu holat yuzasidan qisqa intervyu berdi.

- 10-15 kun davlat hamma joyni tozalab olguncha to‘g‘ri ish bo‘ldi. Muxlislar ham bu holatdan xavotirdaligini ularning gul berish jarayonlarida ham ko‘rib turibman.

Menga desa, konsert dasturimiz yozda bo‘lmaydimi, hammani joni jon, konsert o‘z yo‘liga, ‘biletni oldilaring, men bu biletni ishlab beraman’, Xudo xohlasa. Konsert dasturini berish mumkin bo‘lishi bilan, birinchi bo‘lib, dasturimizni taqdim qilamiz.

Menimcha, hozir hamma uyda o‘tirib ibodatini qilishi kerak. Ko‘chama-ko‘cha yurishni hozir yig‘ishtirish kerak.
Konsert dasturlari boshlanishi bilan muxlislar sotib olingan biletlari bilan dasturimizga kelaversinlar.

Men aslo va aslo xafa bo‘lmadim. Agar shu narsa sog‘liq uchun kerak bo‘lsa, men uchun, avvalo, sizlarning sog‘liqlaringiz kerak. Sizlar omon bo‘linglar, sog‘ bo‘linglar. Bosh omon bo‘lsa, do‘ppi topiladi. Men hamisha sizlar uchun xizmatdaman. Kerak bo‘lsa, konsert dasturiga qo‘shimcha kunlarni ham qo‘shib yuborishimiz mumkin. Yurtimizda tinchlik bo‘lsin, ilohim.

Har kim o‘zining ehtiyotini qilsin, jon omon bo‘lsa, hamma narsa bo‘laveradi. Men sizlarning qizlaringizman, qachon xizmat qil, desangiz xizmatni qilaveramiz. Faqat hozir shu illatdan birgalikda chiqib ketaylik.

Hech qachon jonlaringiz og‘rimasin, kasal bo‘lmanglar, bolalaringizni ham ehtiyot qilinglar. Sog‘ bo‘lib, salomat bo‘lib yuringlar. Allohga omonat
, - O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yulduz Usmonova koronavirus sabab konserti qoldirilganiga munosabat bildirdi (video)