19:15 / 23.03.2020
3 832

Koronavirus tufayli musiqa tinglash 23 foizga kamayib ketdi

Koronavirus tufayli musiqa tinglash 23 foizga kamayib ketdi
Foto: Quartz
Dunyo bo‘ylab COVID-19 koronavirusi karantini tufayli odamlar musiqa tinglashni kamaytirdi, deb xabar berdi Quartz nashri.
Ko‘pchilik odamlar uyda o‘tirsa, ko‘proq musiqa tinglashini taxmin qilgandi, lekin buning aksi bo‘ldi.

Masalan, Spotify’dagi eng ko‘p tinglanadigan 200 ta qo‘shiq Italiyada 2019 yilning fevralida bir sutkada 18,3 million marta tinglangan. Hozir esa bu ko‘rsatkich 14,4 million martani tashkil etmoqda. 3 martdan 17 martgacha musiqa tinglash darajasi 23 foizga tushib ketdi.

Nashr o‘sha auditoriya saqlanib qolgani, biroq odamlar boshqa janrdagi musiqa tinglay boshlaganini taxmin qilmoqda. Masalan, o‘tgan vaqt ichida eski xitlar yana ommalashgan. Biroq musiqa tinglash darajasi boshqa mamlakatlarda ham pasayib ketgan. AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va Ispaniyada ham odamlar avvalgidek qo‘shiq eshitmay qo‘ygan.

Mutaxassislar buni odamlar kayfiyati yaxshi paytida musiqa tinglashga moyil bo‘lishi bilan izohlaydi. Karantin vaqtida esa ko‘pchilik vaqtichog‘lik qilishni istamaydi.

Nashrning qayd etishicha, odamlar ishga bormay qo‘ygani uchun ham musiqa tinglamayapti. Chunki ko‘pchilik yo‘lda ketayotib qo‘shiq eshitishni ma’qul ko‘radi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Koronavirus tufayli musiqa tinglash 23 foizga kamayib ketdi