14:50 / 01.04.2020
5 100

Sobiq «Setora» guruhi xonandalari Ravshan Yo‘ldoshev haqida: Sizni quchoqlab, hammasi uchun rahmat aytishga ulgurmadik

Sobiq «Setora» guruhi xonandalari Ravshan Yo‘ldoshev haqida: Sizni quchoqlab, hammasi uchun rahmat aytishga ulgurmadik
Foto: Instagram / @leyli_setora
Sobiq «Setora» guruhi xonandalari Feruza, Komila va Laylo «Tarona rekords» kompaniyasi asoschisi, marhum Ravshan Yo‘ldoshevni xotirlab, Instagram’dagi sahifalarida arxiv suratlari bilan bo‘lishdi.

«Katta yo‘qotish. Bizga ishongan, bir necha yorqin loyihalarni yaratgan, O‘zbekiston shou-biznesi nufuzini dunyoga tanitgan inson hayotdan ko‘z yumdi.

Yoningizga borib, sizni quchoqlab, bizga ijodiy loyiha sifatida qilgan mehnatlaringiz uchun, bizning iste’dodimizga ishonganingiz uchun shaxsan minnatdorchilik bildira olmaganimdan afsusdaman. Biz har doim hamma intervyularda siz haqingizga gapirib, qadringizga yetardik, doim eslardik. Har doim bizni eshitishingiz va to‘g‘ri tushunishingizga ishonardik.

Lolaning oilasiga hamdardlik bildiraman. Bilaman, otangiz siz uchun, onangiz uchun hech narsaga qaramay doimo qadrli, hurmatli inson bo‘lgan. Oxiratlari obod bo‘lsin, siz doimo bizning ustozimiz bo‘lib qolaverasiz
», — deb yozdi sobiq «Setora» guruhi a’zosi Komila Xo‘jayeva.

Foto: Instagram / @leyli_setora
Ushbu postni guruhning boshqa a’zolari Laylo va Feruza ham o‘z sahifalariga joylashtirgan.

Ma’lumot uchun, «Tarona rekords» kompaniyasi loyihasi —«Setora» 1990 yillar oxirlari va 2000 yillar boshlarida o‘zbek estradasining eng mashhur guruhlaridan biri bo‘lgan. Guruhning «Yonma», «Sog‘inaman», «Xayr, maktabim», «Vafodoring», «Ey qahri qattiq», «Ajdodlar ruhi», «Sen borsan» va boshqa ko‘plab qo‘shiqlari haligacha sevib tinglanadi. Guruh nafaqat O‘zbekistonda, balki Qozog‘iston, Rossiya, Britaniya va boshqa xorij mamlakatlarda konsertlar bergan.

Keyinchalik «Setora» guruhi va «Tarona rekords» o‘rtasidagi kelishmovchiliklar tufayli guruh tarqalib ketgan. «Tarona rekords» guruhdan «Setora» nomini olib qo‘yib, boshqa tarkibda guruh tuzdi. Ammo ikkinchi tarkibning muvaffaqiyati birinchisinikidek bo‘lmadi.

«Tarona rekords» kompaniyasi asoschisi, Shahzodaning sobiq turmush o‘rtog‘i, Lolaning otasi Ravshan Yo‘ldoshev 30 mart kuni yurak xuruji oqibatida olamdan o‘tdi. Marhum hayotining so‘nggi daqiqalarida uning yonida sobiq rafiqasi, xonanda Shahzoda bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Sobiq «Setora» guruhi xonandalari Ravshan Yo‘ldoshev haqida: Sizni quchoqlab, hammasi uchun rahmat aytishga ulgurmadik