22:44 / 01.04.2020
4 852

Rayhon: Ravshan Yo‘ldoshev qo‘shiqlarimni «O‘zbegim taronasi» radiosida bepul «aylantirib bergan»

Rayhon: Ravshan Yo‘ldoshev qo‘shiqlarimni «O‘zbegim taronasi» radiosida bepul «aylantirib bergan»
Xonanda Rayhonga «Tarona rekords» kompaniyasi ijodini endi boshlayotgan yillarda katta yordam bergan. Bu haqda xonanda «Shok.uz» saytiga bergan intervyusida so‘zlab berdi.

«2000 yillarda faqat ‘Tarona rekords’ albom chiqarardi. O‘shanda men ham ushbu kompaniyaga murojaat qilganman. Ular menga chegirma qilib berishgan. ‘O‘zbegim taronasi’ radiosi ham ushbu kompaniyaga tegishli. Ular qo‘shiqlarimni radio orqali bepul rotatsiya qilib berishgan. Men buning evaziga radioda boshlovchi bo‘lib ishlaganman. Bu o‘ziga xos ‘barter’ edi. Ravshan akadan bularning barchasi uchun minnatdorman. Ijodini endi boshlayotgan san’atkor uchun har qanday yordam juda muhim», — deydi Rayhon.

Ma’lumot uchun: «Tarona rekords» kompaniyasi asoschisi, Shahzodaning sobiq turmush o‘rtog‘i, Lolaning otasi Ravshan Yo‘ldoshev 30 mart kuni yurak xuruji oqibatida olamdan o‘tdi. Marhum hayotining so‘nggi daqiqalarida uning yonida sobiq rafiqasi, xonanda Shahzoda bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Rayhon: Ravshan Yo‘ldoshev qo‘shiqlarimni «O‘zbegim taronasi» radiosida bepul «aylantirib bergan»